Xivalik hokim yordamchilarning 17 nafari O'zLiDePni tanladi
10.05.2022, 16:22
Hozirgi kunda partiya safida a’zolar soni kun sayin ortib bormoqda va bunday tadbirlar tuman va shahar kengashlarida muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Navbatdagi partiyaga yangi a’zolarni qabul qilish jarayoni Xiva shahrining "Qiyot" mahallasida ko‘tarinki tarzda bo‘lib o‘tdi. Tadbirda partiya viloyat kengashining raisi Islom Fayzullayev, viloyat kengashi mas’ul xodimi Shuxrat Atajanov va va Xiva shahar kengashining mas’ul xodimi Sadoqat Ro‘zmetovalar ishtirok etdi.
Hokim yordamchilari bugungi oqilona siyosatni to‘g‘ri anglab, eng oqilona tanlovni amalga oshirdilar, ya’ni hokim yordamchilaridan 21 nafaridan 17 nafari O'zLiDePni tanladi. Partiya viloyat kengashi raisi qo‘lidan ular partiya a’zolik guvohnomalarini mamnuniyat bilan qabul qilib oldilar.
Uchrashuv yakunida hokim yordamchilarining kelgusi faoliyatida partiyamiz Dastur va maqsadlariga uyg‘un ravishda ish olib borishlari ularning samimiy so‘zlarida o‘z ifodasini topdi.
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring