Kitob – ma’naviyat beshigi

12.05.2022, 17:55

Kitob – ma’naviyat beshigi

O’zLiDeP Ellikqal’a tuman Kengashi tomonidan “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” mavzusida Ellikqal’a ixtisoslashtirilgan san’at maktabida uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbirda Prezidentning 2022-2026 yilllarga mo‘ljallangan 7 ustuvor  yo‘nalish va 100 maqsadni o‘z ichiga olgan “Taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, aholi o‘rtasida ma’naviy muhitni shakllantirish, yoshlar ma’naviyatini rivojlantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni  keng targ‘ib qilish ma’naviy ibrat bo‘lib xizmat qila oladigan, milliy g‘oya, jasorat va matonat ruhida tarbiyalashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimizning ta’sirchanligini kitob o‘qish orqali kuchaytirish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan  ma’naviy-ma’rifiy sohada olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ayniqsa ertangi kunimiz egalari bo‘lgan yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, ularni mustaqil fikr egasi sifatida har tomonlama komil inson bo‘lib tarbiya topishlariga ko‘maklashish har birimizning oldimizda turgan eng dolzarb vazifamizdir ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Tadbirda maktab bitiruvchilari buyuk ijodkorlar asarlaridan o‘zlari sevgan shoirlarning she’rlaridan parchalar o‘qidi. Tadbirda faol ishtirok etgan yoshlarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Yoshlarning kitobga bo‘lgan mehrini yanada uyg‘otish maqsadida “Kitob bilim xazinasi” deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi bilan davom etdi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    838
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+