Tashrif davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlar faollik ko‘rsatadi

13.05.2022, 17:12

Tashrif davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda deputatlar faollik ko‘rsatadi

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-13 may kunlari Farg‘ona viloyatiga qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, yengil sanoat va boshqa tarmoqlaridagi korxonalar faoliyati bilan tanishib, mahallalardagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdilar.

Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi, faxriylar kengashi vakillari va mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda Yurtboshimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan aniq manzilli chora-tadbir rejalari ishlab chiqildi, shuningdek amalga tadbiq etish mexanizmlari belgilab olindi.

Farg‘ona viloyatiga Prezidentimizning tashriflari butun viloyat aholisi uchun ko‘tarinki kayfiyat, ertangi kunga bo‘lgan ishonch va o‘zgacha bir ruh bag‘ishladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Farg‘ona viloyatining kelgusi rivojlanish yo‘lida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan barcha vazifalarni amalga oshirilishi ustidan kuchli deputatlik nazoratini o‘rnatish, bu borada tizimli ravishda mas’ullarning hisobotlarini eshitib borish ko‘zda tutilgan.

O‘zLiDeP Farg‘ona viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    426
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+