Partiya faollari Buvayda tumanida qurilgan mebelsozlik majmuasi faoliyati bilan tanishdi
27.05.2022, 11:01
Avval xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zolari, partiyaning Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakillari hududlarda bo‘lib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar, xususan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining joylardagi ijrosi holatini o‘rganishmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Mavluda Xadjayeva, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparat rahbari Jamoliddin Meliboyev va partiya faollari Buvayda tumanida qurilgan mebelsozlik majmuasi faoliyati bilan tanishdilar.
Buvaydada ko‘pchilik usta duradgor. Oilalar o‘z uyida eshik-romlar tayyorlab sotadi. Ularning mahsulotlari Farg‘ona vodiysidan tashqari Toshkent shahri, uzoq viloyatlargacha yetkazib beriladi. Buvaydalik hunarmandlarga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida mahallada mebelsozlikka ixtisoslashgan majmua barpo etilgan ayni muddao bo‘ldi. Duradgorlar uchun bir qavatli binolarda ishlab chiqarish ustaxonalari, ikki qavatli binolarda savdo, ko‘rgazma va maishiy xizmat xonalari joylashgan.
Deputatlar hunarmandlar bilan suhbatda sifatli va haridorgir mahsulot ishlab chiqarish, Buvayda brendini yaratish va dunyoga yoyish bo‘yicha o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, Buvayda tumanidagi horijiy tillarga iqtisoslashgan maktab o‘qituvchilaridan 25 nafariga partiya a’zolik guvohnomalari topshirildi.
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
Fikringizni qoldiring