Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida partiyaning Faxriylar Kengashi a’zolari faol ishtirok etishyapti

08.06.2022, 14:12

Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida partiyaning Faxriylar Kengashi a’zolari faol ishtirok etishyapti

Andijon tuman Kengashi tomonidan “Konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirishda O‘zLiDePning o‘rni” mavzusida tashkil qilingan davra suhbati tumandagi “Umid” innavatsion o‘quv markazida bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zLiDeP Andijon tuman  Kengashi mas’ullari, mahalliy kengash deputatlari, faxriylar, ishchi guruh a’zolari, tadbirkorlar, fermerlar, ishtirok etdilar.

Dastlab, O’zLiDeP Andijon tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari Shuxratbek Bozorov yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida barcha sohalarda, ayniqsa, siyosiy-ijtimoiy jarayonlarda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarni yanada jadallashtirish lozimligi barobarida konstitutsiya takomillashtirilishini o‘ta dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yayotgani, shuningdek, amaldagi Konstitutsiyamiz mamlakatimizda mustaqillik yillarida erishilgan yutuq va katta o‘zgarishlarning mustahkam huquqiy poydevori va eng asosiy kafolati bo‘lib kelganini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar so‘nggi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimiz farovonligini yanada oshirish, tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda kuchli faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilanganligini alohida ta’kidladi. Zero, bugun barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan ekan, Bosh qomusimizga kiritiladigan barcha o‘zgartishlarning negizida ham O’zbekistonda kechayotgan islohotlar mohiyatini belgilovchi ulug‘vor g‘oya “Inson qadri uchun” - shiori yaqqol ifodalanishi lozim.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzsidan qator taklif va fikrlar bildirildi.

  • Ko'rildi
    404
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+