Konstitutsiyaviy islohotlar: keng aholi qatlami vakillari faollik ko‘rsatmoqda
08.06.2022, 14:20
"O’zbekiston pochtasi" aksionerlik jamiyati Xorazm filialida “Taraqqiyotning Konstitutsiyada aks etishi – ob’ektiv zaruriyat” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha fikr va takliflar "O’zbekiston pochtasi" AJning hududlardagi filiallari hamda tuman va shaharlardagi bo‘limlari orqali ham qabul qilinmoqda. Shuni ta’kidlash kerakki pochta orqali qabul qilinayotgan takliflarni bepul qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Tadbirda so‘z olganlar Konstitutsiyaviy islohotlar jarayonini aholining keng qatlamiga tushuntirish, Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda har bir O’zbekiston Respublikasi fuqarosi, shu jumladan, pochta xodimlarining ham fikr va takliflari muhim ahamiyatga ega ekanligini qayd etishdi.
Davra suhbati davomida "O’zbekiston pochtasi" AJ Xorazm filiali jamoasi tomonidan ko‘plab takliflar bildirildi.
Qizg‘in davom etgan davra suhbatida ishchi guruh a’zolari, partiya viloyat Kengashi mas’ullari tadbir ishtirokchilari tomonidan bildirilgan takliflarning aksariyati o‘rinli va to‘la asosli ekanligini ta’kidlab, faol ishtirokchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
Qudrat Bekmetov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
deputati yordamchisi
O'xshash yangiliklar
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
-
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada inson sog‘lig‘i bilan bog‘liq normalar yana-da ko‘payib, takomillashtirildi
30.04.2024, 16:15
-
Qashqadaryoda “O‘zLiDeP bog‘i” yaratildi
30.04.2024, 15:47
-
Deputat Oqdaryo bilan Pastdarg‘om tumanini bog‘lab turuvchi yangi ko‘prik qurilishida tashabbus ko‘rsatdi
28.04.2024, 12:38
Fikringizni qoldiring