Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga keng aholi vakillari o‘z takliflarini bildiryapti

28.06.2022, 12:18

Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga keng aholi vakillari o‘z takliflarini bildiryapti

Buvayda "O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonunining umumxalq muhokamasiga qo‘yilishi munosabati bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Oliy Majlis Konunchilik palatasi deputati Mavluda Ibragimova yig‘ilish ishtrokchilariga Konstitutsiyaviy qonun tashabbuskorlaridan biri sifatida Konstitutsiyaviy islohot bosqichlari, Konstitutsiyaviy qonunning ishlab chiqish jarayonlari, uning mazmun-mohiyati bilan tanishtirdi.

Tadbirda “Beshterak” MFYda yashovchi aholi hamda Buvayda tumanidagi 7-DMTM pedagogik jamoasi vakillari ishtirok etdilar.

Konstitutsiyaviy qonun yuzasidan ishtirokchilar o‘z takliflarini ham bildirib o‘tishdi.

  • Ko'rildi
    289
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+