Konstitutsiyaviy islohotlar jarayoni yuzasidan aholi vakillari orasida targ‘ibot tadbirlari tashkil qilinyapti
29.06.2022, 17:32
O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tomonidan Samarqand shahridagi “Mir Said Baraka” MFY da mahalla raislari, mahalladagi tadbirkorlar, pedagoglar, faol faxriylar ishtirokida “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi – xalqdir” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda O`zLiDeP viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari – apparat rahbari I.Botirov, viloyat Kengashi deputati B.Xo‘jayorov ishtirok etib, yig‘ilganlarga “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirib o‘tdilar. Ushbu o‘zgarishlarni keng aholi qatlami orasida muhokama qilish va ularning takliflarini olish muhimligi xususida gapirishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring