Mirzacho‘lda deputatlar tuman hokimining o‘rinbosari hisobotini eshitdi

04.07.2022, 14:28

Mirzacho‘lda deputatlar tuman hokimining o‘rinbosari hisobotini eshitdi

Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 noyabrdagi “Aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va uning sifatini yaxshilash uchun O’zbekiston Respublikasining suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirlayotgan ishlar borasida tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Siroj Siddiqovning hisoboti tinglandi.

Mutasaddining ta’kidlashicha, bugungi kunda tumanda 10000 ga yaqin xonadonlarda 54 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Tuman markazi Gagarin shahri, respublikamizda birinchilardan bo‘lib, “Obod qishloq” va“Obod mahalla” dasturiga tushgan aholi maskanlaridan biri. Mazkur dastur doirasida nafaqat tuman markazi, balki mahallalarda ham arzirli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Ayni paytda tumanda ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 98,5 foizni tashkil qilmoqda.

Biroq, aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda ba’zi bir kamchiliklar ham bor. Jumladan, ba’zi joylarda suv bosimi past. Bu esa aholini muntazam ravishda ichimlik suvi bilan ta’minlashda qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Mutasaddining fikricha, xonadonlarga suv hisoblagichlarni o‘rnatish  aholining ichimlik suvini tejab ishlatishiga sabab bo‘ladi. Bu esa suv bosimi me’yoriga kelishida qo‘l kelishi mumkin.

Bundan tashqari qo‘shimcha ichimlik suvi quduqlar qazish rejalashtirilayotganligini va bunga buyudjet mablag‘laridan yetarlicha pul ajratilganligini ta’kidladi.

Yig‘ilish davomida mutasaddiga deputatlar tomonidan sohaga oid ko‘plab savollar berildi. Taklif va mulohazalar bildirib o‘tildi. Mutasaddining hisobotini qoniqarli, deb topgan deputatlar, bildirilgan taklif va mulohazalar asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilab oldilar.

Rustam Achilov,

O`zLiDeP Mirzacho‘l tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    337
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+