O’zLiDeP faoli 50 nafar paxtakorlik yoshlarni bandligini ta’minlamoqchi

08.07.2022, 15:32

O’zLiDeP faoli 50 nafar paxtakorlik yoshlarni bandligini ta’minlamoqchi

Yoshlar bandligini ta’minlash, ularning doimiy daromad manbalarini shakllantirishda, yigit-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Joylarda ushbu vazifani hal etish maqsadida partiya faollari va deputatlar tomonidan yoshlar bilan doimiy muloqotlar yo‘lga qo‘yilgan. O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasi doirasida Paxtakor tumani “Samarqand MFY”da o‘z tadbirkorligini endi boshlagan hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish ishtiyoqida bo‘lgan yoshlar ishtirokida ana shunday navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi.

Amaliy seminar chog‘ida yoshlar dastlab, “Qandolat ona” tikuv sexi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. YaTT Najmiddin Mansurov imtiyozli kredit asosida yo‘lga qo‘ygan mazkur sexda hozirgi paytda 20 nafar uyushmagan yoshlar doimiy ish bilan ta’minlangan. Ayni paytda 5 xil turdagi kiyim-kechak mahsulotlari to‘liq xorijga eksport qilinmoqda.

Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joiz. Sex faoliyatini yanada kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati bor. Buning uchun  tadbirkor alohida binoga ehtiyoj sezmoqda. Ushbu masala xalq deputatlari tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Muhabbat O’rolova nazoratiga olindi.

Amaliy seminar ishtirokchilari tumandagi “WORLD TRADING COMPANY” MChJ bo‘lib ish faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.

2020 yilda ishga tushirilgan ushbu korxonada 74 nafar ishchi xodimlar mehnat qilishmoqda. Shularning 50 nafaridan ortig‘i yoshlarni tashkil qiladi. Korxonada 20 xil Antifriz, 6 xil havo filtri, AOS suyuqligi ishlab chiqarilib 30 foizi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiya davlatlariga eksport qilinib, qolgan 70 foizi mahalliy bozorlarga yetkazib berilmoqda.

Korxona to‘liq ishga tushirilsa yana kamida 50 nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash imkoniyati mavjud.

Amaliy seminar davomida bu masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. Korxonada ishlash ishtiyoqida bo‘lgan yoshlar ro‘yxati shakllantirilib, ular korxona ma’muriyati bilan kelishgan holda kelgusida ishga olish sharti bilan kasb-hunarga yo‘naltiriladigan bo‘ldi.

 Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    367
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+