Manaslik xotin-qizlar uchun bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi
08.07.2022, 15:37
O’zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan tibbiyot birlashmasiga qarashli 27-sonli oilaviy poliklinikada bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad xotin-qizlarning tibbiy savodxonligini oshirish, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, sog‘lom millat genofondini asrashga ko‘maklashish, har tomonlama sog‘lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish va yuqori bosqichga ko‘tarish, ularninng ijtimoiy-siyosiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.
Tadbir davomida “Temir”, “Ayollar” daftarida ruyxatda turgan 28 nafar xotin-qizlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, terapevt, pediatr, kardiolog va boshqa yo‘nalishdagi malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tishdi.
Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida 3,2 mln. so‘mlik 8 turdagi dori-darmonlar tarqatildi.
Nafisa ISMATOVA,
O’zLiDeP Do‘stlik tuman Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Mingdan ortiq shogird tarbiyalagan ishbilarmon Madina Kasimbayeva tanlov g‘olibi bo‘ldi
14.05.2024, 14:07
-
Poytaxtlik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
25.04.2024, 12:01
-
Ishbilarmon ayollar saralanmoqda
21.04.2024, 13:39
-
O‘zLiDeP “Ayollar qanoti” loyihalari orqali ishsiz xotin-qizlar tadbirkor bo‘lyapti
09.04.2024, 19:52
-
Qoratepalik Matluba opa tomorqasidan har yili 30 million so‘m daromad qilmoqda
09.04.2024, 19:49
Fikringizni qoldiring