Yangi O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi – xalq irodasining ifodasidir

19.07.2022, 11:46

Yangi O’zbekistonning yangi Konstitutsiyasi – xalq irodasining ifodasidir

O’zLiDeP Jizzax viloyat  Kengashi  “Ayollar qanoti” guruhi faollari ham da partiya shahar Kengashi hamkorligida  O’zbekiston  “Tadbirkor ayol”  ishbilarmon  ayollar  assotsiatsiyasi viloyat bo‘limida Konstitutsiyaviy islohotlarga doir  qonun loyihasi muhokamasi yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.

Unda O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari  bo‘yicha o‘rinbosari Nozima Tugalova, xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, xotin-qizlar va partiya faollari ishtirok etishdi.

Dastavval, ishtirokchilarga loyihada Asosiy qonunning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 16 ta normani o‘z ichiga olgan 6 ta yangi modda (prim-moddalar) qo‘shish taklif etilayotgani to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tildi.  

Muhokamada ta’kidlanganidek, bu o‘zgartish va qo‘shimchalar Bosh qomusimizning pishiq-puxta, yanada xalqchil, tom ma’noda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi – haqiqiy xalq Konstitutsiyasi bo‘lishiga xizmat qiladi.

Dilnoza Qosimova,

 O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi

 apparat rahbari

  • Ko'rildi
    501
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+