Importni optimallashtirish masalasi deputatlik guruhi yig‘ilishida muhokama etildi

19.07.2022, 11:55

Importni optimallashtirish masalasi deputatlik guruhi yig‘ilishida muhokama etildi

Xalq deputatlari G’ijduvon tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni Deputatlik guruhi rahbari H.Toxirov olib bordi. Yig‘ilish kun tartibidagi importni optimallashtirish bo‘yicha tumanda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i I.Hojiyevning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlanganidek, tumanda joriy yil oxirigacha 16 ta loyiha doirasida 32,5 mlrd. so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, 3 mln. dollarlik mahsulotlar importi optimallashtirishga erishiladi. Mazkur loyihalar doirasida nitril qo‘lqoplar, payvandlash elektrodlari, yelim va yelim lentalari, avtoo‘rindiqlar uchun kombinatsiyalangan avto gazlamalar, sanoat moylari, sport sumkalari va ryukzaklar, shampun, sovun va yuvish vositalari, trikotaj matolari va sintetik tolalar kabi mahsulotlar ishlab chiqarish o‘zlashtirilib, shu tur mahsulotlarga bo‘lgan tuman talabi qondiriladi.

2022-2023 yillarda amalga oshiriladigan qo‘shimcha umumiy qiymati 30,8 mlrd. so‘mlik 4 ta yangi loyihalar shakllantirildi. Mazkur loyihalar ishga tushirilishi evaziga yangi turdagi mahsulotlar soni 10 taga ko‘payib, qo‘shimcha 2,6 mlrd. so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi va 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

 Tumanda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalar doirasida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlari va mahsulot turlari rejasi 15 ta korxona doirasida 19,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan bo‘lsada amalda 175 mlrd.so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilib, statistik hisobotlarda aks ettirilishi ta’minlandi hamda belgilangan ko‘rsatkich 9 barobar ortig‘i bilan bajarildi.

2022-2024 yillar mobaynida “Buxara Sintetik Tola” MChJ negizida umumiy qiymati 68,4 mln. Yevro bo‘lgan sintetik tola ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi ishga tushirilib yiliga 51 ming tonna mahsulot tayyorlanadi hamda 500 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar bo‘yicha Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari so‘zga chiqib, mamlakatimizda, shu jumladan tumanda ham tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha zarur imkoniyatlar imkoniyatlar yaratilganligini ta’kidladilar, shuningdek import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishi kupaytirish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar.

Yig‘ilishda muhokama etilgan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    429
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+