O’qituvchining faoliyatiga bemavrid aralashilmaydi

22.07.2022, 16:24

O’qituvchining faoliyatiga bemavrid aralashilmaydi

Angor tumani Xalq ta’limi bo‘limi BPTda “Yangi O’zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam”  mavzusida ta’lim tizimi xodimlari uchun seminar o‘tkazildi. Unda Xalq ta’limi bo‘limi mudiri, partiya faoli N.Mamadiyarov O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi o‘zgartirish kiritilayotgan 64 ta modda va uning ahamiyati xususida tushuntirish berdi.

Xususan, 41-moddaga aynan pedagog xodimlarga tegishli bo‘lgan alohida band kiritilayotganiga alohida e’tibor qilindi. Ya’ni, unga ko‘ra pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash jamiyat va davlatning maqsadi hamda mas’uliyatli vazifasidir. Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bu o‘qituvchining faoliyatiga ha deb aralashib, uni dars mashg‘ulotlaridan chalg‘itishga, huda-behudaga o‘qituvchini o‘quvchisini oldida yoki ijtimoiy tarmoqqa chiqarib haqoratlashi, tahqirlashga ham chek qo‘yadi. Qaysidir ma’noda bu ustozlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga, o‘z navbatida uning ham o‘z maqomiga munosib bo‘lishiga va o‘qituvchining jamiyatda mavqeini oshirishga xizmat qiladi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    482
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+