“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Qashqadaryo viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

27.07.2022, 14:50

“Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining Qashqadaryo viloyat bosqichi g‘olibi aniqlandi

Qarshi shahrida tashkil etilgan “Men ham tadbirkor bo‘laman” loyihasining viloyat bosqichida o‘ttizga yaqin yoshlar ishtirok etishdi. 

O`zLiDeP  Qashqadaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda  tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan yoshlar biznes rejalarini taqdimot qilishdi.

Yoshlarda katta qiziqish uyg‘otgan tadbirda Qarshi Davlat universiteti talabasi Nurjahon Najmiddinov birinchi o‘rinni egalladi va mazkur loyihaning respublika bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

  • Ko'rildi
    454
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+