Yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

28.07.2022, 16:23

Yoshlar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

O’zLiDeP  Surxondaryo viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bo‘limi tashabbusi bilan viloyatdagi Surxon sport majmuasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha o‘g‘il va qizlar o‘rtasida “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik!” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi.

Taraqqiyot strategiyasining 70 va 67-maqsadlarida belgilangan yoshlar siyosatiga doir hamda jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy shug‘ullanish va iqtidorli yoshlarni aniqlashga qaratilgan ushbu musoboqada marra chizig‘ini birinchilardan zabt etganlar partiyaning viloyat Kengashi raisi A.Ro‘ziyev tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 Tadbir so‘ngida ushbu sport turi bo‘yicha murabbiylik qilib kelayotgan Natalya Xolodovaga yoshlarga yugurish sir asrorlarini o‘rgatayotgani uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

So‘ng,  O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi "Yoshlar qanoti" faollari uchun Termiz shahridagi IT PARK ga mediatur uyushtirildi. Unda IT sohasiga qiziqishi baland yoshlar ushbu markaz faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Markazda 8 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kurslar tashkil etilgan bo‘lib, asosan dasturlash, grafik dizayn hamda chet tillari bo‘yicha o‘g‘il-qizlarga bilim beriladi. Mediaturda yoshlar ushbu yo‘nalishlarda olib boriladigan dars mashg‘ulotlari haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi. "Yoshlar qanoti" vakillarida esa  IT-park da ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish istagi tug‘ildi.

  • Ko'rildi
    399
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+