89 nafar fuqaro sihatgohda bepul davolandi

29.07.2022, 12:09

89 nafar fuqaro sihatgohda bepul davolandi

Sir emas, bugun tibbiyot sohasida aholi uchun ko‘plab yengillik va qulayliklar yaratildi. Sifatli tibbiy xizmatdan tortib ijtimoiy yordamgacha berilayotir. Ayrim kasalliklar uchun dori-darmon vositalari bepul tarqatilayotir. Tibbiy ko‘riklar o‘tkazilib, davolanish uchun yo‘llanmaga ega bo‘lib, shifo topayotganlar qancha.

Mazkur jarayonlar ko‘p qatori muzrabotliklar uchun ham tashkil qilinmoqda. Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi partiya deputatlik guruhi ayni shu masalaga oid ishlarning qay darajada yo‘lga qo‘yilganini o‘rganish maqsadida tuman tibbiyot birlashmasida eshituv o‘tkazdi. Unda taraqqiyot strategiyasining 53-maqsadida belgilangan bandlar ijrosi ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i A.G’aniyevning hamda tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i I.Isayevlarning hisobotlari tinglandi.

Xususan, o‘tgan olti oy mobaynida tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limi tomonidan berilgan yo‘llanmalar bilan 89 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar va pensioner sihatgohlarda sog‘lig‘ini tikladi. 2022 yil yil uchun protez-ortopediya moslamalari oluvchi 21 nafar, reabilitatsiya texnik vositalari oluvchi 70 nafar fuqaroning ro‘yxati shakllantirilib,  6 oyda 19 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarga 48 ta protez-ortopediya moslamaslari olishlari uchun  33 dona sertifikat rasmiylashtirib berildi. “Ortopediya Industiriyasi” MChJ korxonasi tomonidan 12 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslarning protez-ortopediya moslamalari ta’minlab berildi. Zamonaviy protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlash 63 foizga yetkazildi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

 matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    562
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+