Mirishkor fermer, tashabbuskor deputat
04.08.2022, 16:31
Namangan viloyati Kosonsoy tumani “Qo‘qimboy” mahallasida ishsizlikni kamaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Kosonsoy intensiv uzumlari” fermer xo‘jaligi rahbari, O’zLiDeP a’zosi, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Jahongir Umarov bu hayrli ishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Uning sa’y-harakati bilan besh gektar yerda tokzorlar barpo etildi. Shu maqsad uchun 200 mlrd sum miqdorida subsidiya ajratildi. Ushbu hududga tumanning yer sharoitiga to‘g‘ri keladigan uzumning eksportbop navlaridan “Rizamat ota”, “F-1 Gibrit”, “Xusayni”, “Kelin barmoq”, “So‘g‘diyona” navlari ekildi. Ishni to‘g‘ri tashkil etilgani, ilg‘or agrotexnik usullardan unumli foydalanilgani qisqa muddat ichida o‘zining ijobiy natijasini berdi. Tokzorlarda yetishtirilgan mo‘l-ko‘l hosil ko‘zni qamashtiradi. Uzumlarning sifati, mazasiga ham ta’rif yo‘q. Quvonarlisi, bu mahsulotlar nafaqat ichki bozorga yetkazib berilmoqda, balki qo‘shni Qirg‘iziston va Rossiya Federatsiyasiga ham eksport qilinmoqda.-
-Mahallamiz ko‘plab aholisi ish bilan ta’minlandi, mirishkor bog‘bonlar uzumchilikning sir-asrorlarini yoshlarga ham o‘rgatishyapti. Endi ular bu navlarni tumanning barcha mahallalarida ekib, yetishtirilgan uzumni shu joyning o‘zida sotishni rejalashtirishgan, - deydi “Kosonsoy intensiv uzumlari” fermer xo‘jaligi rahbari, deputat Jahongir Umarov.
Ayni kunlarda partiya tuman Kengashi bilan hamkorlikda bu tajribani boshqa mahallalarda ham ommalashtirish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring