Mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan BPTlarda mustaqillik bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda

09.08.2022, 15:41

Mahallalarda faoliyat yuritib kelayotgan BPTlarda mustaqillik bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda

Bu yil xalqimiz Vatanimiz Mustaqilligining o‘ttiz bir yilligini “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”! degan bosh g‘oya ostida keng nishonlamoqda.

O’zbekiston atalmish shu buyuk Vatanga xalqimizning muhabbatini ifodalovchi bu ezgu so‘z har bir xonadonga, har bir yurtdoshimiz qalbiga cheksiz g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Bu betakror bayram barcha ezgu niyatli insonlarni birlashtiradi, ularning qalbida eng go‘zal va olijanob tuyg‘ularni uyg‘otadi. Shu bois ham mustaqillik bayrami millati, tili va dinidan qat’i nazar, diyorimizda yashayotgan barcha yurtdoshlarimizning ardoqli va sevimli bayramiga aylandi.

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi tarkibidagi 1000 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlarida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz”! g‘oyasi asosida “Mustaqillik – tog‘dek tayanchimiz, qudratli zaminimizdir” mavzusida davra suhbatlari, ochiq muloqot va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Samarqand shahridagi "Navbahor" MFY qoshidagi partiya boshlang‘ich tashkilotida tashkil etildi. Partiya faollari, shu mahalla fuqarolari ishtirok etgan tadbirda yurtimizda olib borilayotgan islohatlar natijasi, O’zbekiston mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib olish, istiqlol davrida erishayotgan yutuqlar, yangidan yangi rejalar haqida so‘z bordi.

Mamlakatimiz va xususan, Samarqan viloyatida oxirgi uch – to‘rt yil davomida asrlarga tatigulik bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bu o‘zgarishlarning ulug‘vorligini his etish uchun uzoqqa bormay, ayni kunlarda viloyatimizning barcha shahar va qishloqlaridagi ulkan bunyodkorlik ishlarida ko‘rib, qalban his etish mumkin.

Shuningdek, davra suhbati davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashda quyi bo‘g‘in faollarining jonbozligini yanada oshirish masalalari ham muhokama qilinib, chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Nasiba Mo‘minova,

O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    545
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+