Mustaqillik ne’matlari tushuntirildi

16.08.2022, 10:03

Mustaqillik ne’matlari tushuntirildi

O’zLiDeP Baliqchi tuman Kengashi tomonidan Prezidentimizning “O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining o‘tiz bir yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi "Ko‘l" mahalla fuqarolar yig‘ini qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida “Yangi O’zbekistonda-el aziz, inson aziz!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari, BPT raislari va mahalla faollari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan istiqlolimizning xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, yurtimizni har tomonlama erkin, obod va farovon yashashi bu davlat mustaqilligidir, aynan milliy mustaqillik el-yurt uchun jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egallab, huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish, shu jumladan, hayotning turli soha va tarmoqlarida keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish uchun mustahkam zamin yaratib, erishayotgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy manbai bo‘lib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.

Targ‘ibot tadbirlari davomida ishtirokchilar qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.

  • Ko'rildi
    310
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+