Tadbirkorlikka qiziquvchan yoshlar uchun press tur tashkil qilindi
19.08.2022, 15:04
O'zLiDeP Namangan viloyat Kengashi hamda Davlatobod tuman Kengashi hamkorligida tadbirkor faoliyati bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida 20 avgust tadbirkorlar bilan ochiq muloqot kuni munosabati bilan press tur tashkil etildi. Press tur ishtirokchilari Davlatobod tumanida joylashgan Qutbiddinov Islombek rahbarlik qilayotgan “IMRON Textil” MChJda bo‘ldilar.
Mazkur korxonada sifatli erkaklar futbolkasi ishlab chiqarish va ichki bozorni arzon erkaklar futbolkasi bilan ta’minlash bilan birga chet davlatlarga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan.
Press tur ishtirokchilari korxonadagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanisharkan, tadbirkor yoshlarning biznesini rivojlantirish, tadbirkorlik loyiha va g‘oyalarini hayotga tadbiq etishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi bo‘yicha o‘zining fikr-mulohazalari bilan ham o‘rtoqlashdi. Dastlab 10 nafar ishchi bilan o‘z faoliyatini boshlagan korxonada bugun 100dan oshiq mahalliy aholi bandligi ta’minlangan. Kelgusida faoliyatni yanada kengaytirib, yangi ishchi o‘rini yaratish rejalashtirilgan. Press tur ishtirokchilari yangi tashkil etiladigan ish o‘rinlariga taklif etildi.
Qizg‘in muhokamalarga boy bo‘lgan davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.
O'xshash yangiliklar
-
Dehqonchilik qilmoqchi bo‘lgan yoshlar uchun nimalar o‘zgardi?
07.05.2024, 16:47
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
Fikringizni qoldiring