Sh.Rashidov tumanida xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan kreditlar tahlil qilindi

23.08.2022, 15:51

Sh.Rashidov tumanida xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun ajratilgan kreditlar tahlil qilindi

Xalq deputatlari Sh.Rashidov tuman Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar tuman bo‘limi boshlig‘i Shoira G’ozibekovaning hisoboti eshitildi.

Hokim o‘rinbosari, o‘z hisobotida mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishi hamda bandligini ta’minlashga har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlash borasida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini alohida qayd etib o‘tdi.

Sharof Rashidov tumanida “Ayollar daftariga” kiritilganlar 2959 nafarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar 973 nafarni,tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlar 926 nafarni, boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar 375 nafarni, ijtimoiy yordamga muhtoj nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar 310 nafarni, uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar 16 nafar, qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar esa 350 nafarni tashkil etadi.

Ayni paytda xotin-qizlarning 83 nafari doimiy, 22 nafari vaqtinchalik (jamoat) ishlariga jalb etilgan, "Ayollar daftari"ga kiritilgan tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan 615 nafar xotin-qizlarga tumandagi mavjud tijorat banklari tomonidan 4. 432 mln. so‘m miqdorida kredit ajratilgan.

Boquvchisi bo‘lmagan ehtiyojmand 354 nafar xotin-qizlarga 717 mln.so‘m,  uy-joyi ta’mirlanadigan 21nafar xotin-qizlarga 157 mln. so‘m, ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan, shuningdek tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand 302 xotin-qizlarga 697 mln. so‘m, uy-joy bilan ta’minlanadigan 5 nafar xotin-qizlarga 250 mln. so‘m, uy-joyga muhtoj ehtiyojmand 14 nafar xotin-qizlarga 38 mln.so‘m  miqdorida moddiy yordamlar ko‘rsatilgan. Bu boradagi ishlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Yig‘ilish davomida deputatlar kun tartibidagi mavzu yuzasidan tuman hokimi o‘rinbosariga bir qator savollar bilan murojaat qilishdi, bu boradagi o‘z fikr va mulohazalarini  aytib o‘tishdi.

Deputatlar tomonidan hokim o‘rinbosarining hisoboti qoniqarli deb topildi va bu boradagi ishlarni doimiy deputatlik nazoratiga olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Meliqo‘zi Omonliqov,

O`zLiDeP Sharof Rashidov tuman Kengashi apparat rahbari

  • Ko'rildi
    273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+