Yurtimizda har bir sohada amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari xususida to‘xtalib o‘tildi

25.08.2022, 16:38

Yurtimizda har bir sohada amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari xususida to‘xtalib o‘tildi

O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi tomonidan Mustaqilligimizning 31 yillik shodiyonasiga bag‘ishlangan “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Unda partiya viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xurshidaxo Xalilova, partiya viloyat, tuman va shahar Kengashlari apparat xodimlari, OAV vakillari  ishtirok etdilar.

Tadbirni  O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova ochib berdi va O’zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 31 yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar xususida atroflicha so‘z yuritdi.

Shuningdek, tadbirda so‘nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub demokratik islohotlar, xalqimizning hayoti, qalbi va ongida yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar hamda yurtimizda har bir sohada amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari xususida batafsil fikr-mulohazalar bildirildi.

Shu bilan birgalikda aholining hayot darajasi va sifatini yaxshilash, yoshlar, xotin-qizlar, keksa-avlod vakillari, ijtimoiy-himoyaga muhtoj insonlarga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga qaratilgan dasturlarimizning ijobiy natijalari hayotiy misollar orqali batafsil aytib o‘tildi.

Uchrashuv davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan ezgu islohotlarga qalbida vatanparvarlik hissi jo‘sh urgan har bir yoshni, har bir o‘zbek farzandini, shu qatorda O‘zLiDeP elektorati va faol a’zolarini, deputatlarimizni o‘z mehnati, sadoqati va bilimi bilan munosib hissa qo‘shishga, bugungi tinch va erkin hayotni qadrlab, shukronalik tuyg‘usi bilan yashashga, mustaqilligimizni asrab-avaylagan holda hamjihatlikda taraqqiyotimiz uchun dadil olg‘a borishga da’vat etildi.

Tadbir yakunida partiya viloyat, tuman va shahar Kengashlari apparat xodimlari rag‘batlantirildi. Ularga O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.

“Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” ezgu g‘oyasini o‘zida mujassam etgan bunday tadbirlar viloyatimiz tuman va shaharlari bo‘ylab davom etmoqda.

Xojimuxammad Xasanxonov,

O‘zLiDeP Andijon viloyat Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    384
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+