Tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochildi
25.08.2022, 16:53
Mustaqilligimizning 31 yilligi bayrami arafasida Prezidentimiz Farmoni bilan “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim. Bu menga va jamaoamiz barcha a’zolariga katta quvonch bag‘ishladi. Bizning mas’uliyati cheklangan jamiyatimiz yildan-yilga kengayib bormoqda. Yaqinda Kosonsoy tumanidagi “Namuna” kichik sanoat zonasida 1 ming 800 dan ziyod ish o‘rniga mo‘ljallangan yirik tekstil ishlab chiqarish korxonasi o‘z faoliyatini boshladi, 600 kishi ish bilan ta’minlandi. Bularning aksariyati “Yoshlar daftari” va “Ayollar” daftariga kiritilgan yoshlardan iborat.
Ayni vaqtda loyihaning ikkinchi navbatida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Mahsulotlarimiz 100 foiz jahon bozorlariga sotiladi. Yillik quvvati 5 ming tonna kalava ipdan tayyor mahsulot ishlab chiqariluvchi ushbu korxonamizda eksport hajmi 10 million dollarni tashkil etadi.
Kuni kecha Prezidentimizning ikkinchi marta tadbirkorlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqoti biz uchun juda ma’qul va manzur bo‘ldi. Unda o‘tgan bir yil mobaynida tadbirkorlikni rivojlantirish, qo‘llab-quvatlash bo‘yicha 70 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilinganligi va bu mamlakatimiz iqtisodiy hayotida juda katta natija ekanligi, tadbirkorlarning biznes loyihalarini amalga oshirishlari uchun 130 trln so‘m miqdorida kreditlar va 3,5 trln so‘mlik subsidiya va kompensatsiyalar ajratilgani alohida ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari tadbirkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni ilgari surdi. Jumladan, tadbirkorlik sub’ektlarini toifalarga ajratib, ularning har biriga alohida-alohida yondoshuv tizimi yaratish, soliq yukini kamaytirish, ko‘chmas mulkka egalik qilish, mulk huquqini himoya qilish, bunda faqat sudlarning qarorlari asosida ish yuritilishi kabi qator imtiyoz va yengilliklar berilishi mamlakatimizda biznes muhitini yanada yaxshilash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, har bir viloyatda“Tadbirkorlar xiyoboni”ni barpo qilish, unda “Farovonlik bunyodkorlari” deb nomlanuvchi ko‘rgazmalarning namoyish qilinishi, “O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi takliflari ham bizga qanot bag‘ishladi.
Xullas, tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan bu ochiq muloqat, unda ilgari surilgan taklif va tashabbuslar mamlakatimiz iqtisodiyotini, tadbirkorlikni yuqori bosqichga olib chiqishiga, xalqimiz turmush faraovonligini yuksaltirishiga ishonamiz.
Anvarxon ABDULXAYEV,
"Barkas teks Group” MChJ direktori,
Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashi deputati
O'xshash yangiliklar
-
Saylovoldi dasturi ijrosi: parlament nazorati va fraksiyalararo raqobat
13.04.2024, 21:48
-
Jizzaxda tomorqalarni ishga solish bo‘yicha 309 ta mahallaga lider tadbirkor – eksportchilar biriktirilishi belgilandi
09.04.2024, 20:28
-
Jizzaxda kechayotgan ulkan o‘zgarishlar Yangi O’zbekistonni qamrab olgan bunyodkorlik jarayoniga munosib hissa bo‘lib qo‘shilmoqda
09.04.2024, 20:26
-
O’zbekiston va Qozog‘iston hamkorligi yangi bosqichga chiqmoqda
09.04.2024, 17:27
-
Yerdan samarali foydalanish - yoshlar bandligi va daromadini oshirishning muhim omilidir
09.04.2024, 17:19
Fikringizni qoldiring