Qadimiy Samarqandning yangi qiyofasi

25.08.2022, 17:06

Qadimiy Samarqandning yangi qiyofasi

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand deyarli har yili o‘zgarib turadi. Ming yillik tarixga ega bu zamin buyuk bobolarimizdan merosdir.

Shuning uchun ham YuNESKO merosi ro‘yxatiga kiritilgani bejiz emas. Qadimiy shaharda bunyod etilgan majmua – “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazining ochilishi Yangi O’zbekistonni barpo etish yo‘lidagi yana bir salmoqli va zafarli natijasi ekanligining yorqin isbotidir.

2019 yilda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqand tumanidagi eshkak eshish kanali bo‘yida, 212 gektar maydonda ulkan majmua qurishga kirishilgan edi. Tajribali me’mor va muhandislardan iborat xalqaro jamoa jalb etilib, puxta loyiha ishlab chiqildi. Davlatimiz rahbari bu yerga bir necha marta kelib, qurilishni milliy me’morchilik an’analarimiz va odamlarga qulaylik jihatidan takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bunyodkorlik ishlarida malakali quruvchilarimiz bilan birga Turkiya, Buyuk Britaniya, Italiya kabi davlatlarning yetuk mutaxassislari ishtirok etdi.

Shu tariqa qisqa vaqtda, pandemiyadagi qiyinchiliklarga qaramay, ushbu ulkan majmua qurib bitkazildi.  

Bu ko‘p tarmoqli markaz tarkibida 8 ta zamonaviy mehmonxona, Kongress xoll, “Boqiy shahar” majmuasi, amfiteatr va ko‘plab boshqa inshootlar bor. U yiliga 2 million turistga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

Kuni kecha tashkil etilgan tadbirda ishtirok etib, mazkur “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazi bilan tanishar ekanman, tarixiy manzaralar “Boqiy shahar” majmuasi bezaklaridagi qadimiy Afrosiyob devorlarida saqlanib qolgan So‘g‘d davlati hukmdorining Koreya, Xitoy, Hindiston va boshqa mamlakatlar elchilarini qabul qilish marosimi tasvirlari, qadimiy bozor, mamlakatimizning barcha hududlariga xos 40 ta hunarmandchilik ustaxonalari, ustalar yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik, zargarlik, gilam to‘qish kabi jarayonlarni ta’riflashga til ojiz!

Shuni faxr bilan aytishim mumkinki, go‘zal Samarqandimizning ko‘p asrlik tarixi jamlangan va mujassamlashgan ushbu majmua xorijlik, ham mahalliy sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otishi shubhasiz.

Zafar Karimov,

O'zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisi,

xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    1930
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+