Deputat yordamchisi saylovchining murojaatini ijobiy hal qildi

20.09.2022, 16:05

Deputat yordamchisi saylovchining murojaatini ijobiy hal qildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat yordamchilari joylarda aholi bilan bevosita ish tashkil qilib, muammo va takliflarini yechib kelmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat Barno Mirzamovaning yordamchisi F. Ahmedov Uychi tumani “Tepasaroy” MFY A.Temur ko‘chasi 3-uy 5-xonadonda yashovchi Raximova Malikaning og‘zaki murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi. Deputat yordamchisi ushbu murojaatni hal qilishda “Tepasaroy” MFY raisi Mamadaliyev Bobur va Xalq deputatlari Uychi tuman Kengashi deputati Ismailov Akmalbeklarning ham xizmatidan foydalandi.

O’rganish jarayonida Raximova Malikaga, yashab turgan xonadonida foydalangan elektr energiyasi uchun to‘planib qolgan 10 million so‘mlik qarzdorlikni bartaraf etish yo‘llari qonuniy tushuntirildi.

Xonadon sohibi Raximova Malika hozirgi kunda ishsiz ekanligi, ushbu qarzdorlikni yopish uchun imkoniyat yo‘qligini, agar ishga joylashtirishda yordam qo‘lini berishsa, albatta ushbu qarzdorlikni o‘zi yopishligini bildirdi.

Shundan so‘ng “Tepasaroy” MFY raisi Mamadaliyev Bobur “Sug‘urta” kompaniyasida bo‘sh ish o‘rni borligini aytib, kompaniya mutasaddilari bilan telefon orqali bog‘lanib M.Raximova nomzodini tavsiya qildi va shu orqali murojaatchining bandligi ta’minlanadigan bo‘ldi.

  • Ko'rildi
    290
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+