74 nafar doimiy va 14 ming nafar mavsumiy ishchilarni band qilgan karmanalik ishbilarmon ayol faoliyati bilan tanishildi
07.10.2022, 11:55
Karmana tumanida joylashgan “Al-aziz ipagi” MChJda 74 nafar doimiy va 14 ming nafar mavsumiy ishchilar mehnat qiladi. Ishchilarning asosiy qismi xotin-qizlardan iborat. O’zLiDeP Navoiy viloyat kengashi hamda hamkor tashkilotlar ko‘magida “15 oktabr -Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan “Qishloq ayollari e’zozda” mavzusida tadbir o‘tkazildi.
“Al-aziz ipagi” ishlab chiqarish korxonasida viloyatning Karmana, Konimex va Navbahor tumanlarida istiqomat qiluvchi mehnatkash ayollar pilla yetishtirish, ipakchilik, gilamdo‘zlik, dorivor o‘simliklardan turli biologik faol qo‘shimchalar tayyorlash bilan shug‘ullanadilar.
Tadbirda O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi xodimi G’.Turg‘unov, partiya viloyat kengashi xodimlari, deputatlik guruhi a’zolari korxona faoliyati bilan tanishdilar. Korxona kelajakda Yaponiya davlatidan yangi texnologiya olib kirish orqali yarim tayyor mahsulot ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu esa o‘z navbati yangi ish o‘rinlar yaratilishi va eksport quvvati oshishiga xizmat qiladi.
Ishchi guruh vakillari korxonadagi taklif va muammolarni o‘rgandi va partiya tomonidan kelajakdagi rejalariga ko‘maklashish masalalari kelishib olindi. Tadbir yakunida uzoq yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan faol qishloq ayollarining bir guruhiga partiya tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
A.Uzoqov,
O'zLiDeP Navoiy viloyati Kengash
mutbuot kotibi
O'xshash yangiliklar
-
Ishchi guruh vakillari ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda
20.12.2023, 15:53
-
Qashqadaryoda oilaviy tadbirkorlar faoliyati o‘rganilmoqda
13.12.2023, 16:59
-
Davlat dasturining 67-maqsadi Hazoraspda qanday bajarilyapti?
23.11.2023, 18:03
-
Ishchi guruh vakillari IT sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini muhokama qildi
14.11.2023, 16:47
-
Yutuqlar bor, muammolar ham yo‘q emas
13.11.2023, 16:53
Fikringizni qoldiring