Deputat saylovchilar murojaatini ijobiy hal qildi

13.10.2022, 09:59

Deputat saylovchilar murojaatini ijobiy hal qildi

Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashidagi O`zLiDeP  deputatlik guruhi a’zosi Jasurbek Rejavaliyev bilan aholi ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda “Qoraqalpoq” mahallasi Iftixor ko‘chasidagi eskirgan transformatorni yangilash hamda ko‘chalarda yaroqsiz holatga kelgan simyog‘ochlarni almashtirish borasida murojaat qilingan edi.

Xalq vakili muammoga ijobiy yechim topish maqsadida Andijon viloyati elektr tarmoqlari korxonasi AJga deputatlik so‘rovi yubordi.

Deputatlik so‘rovi asosida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida muammolar joyida o‘rganib chiqilib, hal etilishi lozimligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra Andijon viloyati elektr tarmoqlari korxonasi AJ tomonidan Iftixor ko‘chasidagi eskirgan transformator o‘rniga ta’mirlangan yangi transformator o‘rnatilib, yaroqsiz holga kelgan va qo‘lbola yasalgan simyog‘ochlar o‘rniga 25 ta zamonaviy temir beton tayanchlari  o‘rnatildi.

“Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da aholi turmush farovonligi yaxshilash borasida olib borilayotgan bu kabi ishlardan mahalla aholisi mamnun ekanliklarini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    243
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+