Sherobodda yangi Boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi
15.10.2022, 11:40
Sherobod tumani vohadagi sanoati rivojlangan hududlardan biri sanaladi. Anorchilikdan tashqari, aholi ko‘kat, qovun, pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri kabi poliz mahsulotlarini yetishtirib, xorijga eksport qiladi. Anchayin mehnatkash, tadbirkor xalq. Bugun tumanda ko‘plab yirik korxonalar faoliyat yuritmoqda. Ularda partiyamiz a’zolari soni ham ko‘payayotgani quvonarli.
Jumladan, "Sherobod Star Tekstil" mas’uliyati cheklangan jamiyati ayni paytda qishki kiym kechak va ko‘rpa-to‘shaklar, maxsus kiyimlar ishlab chiqarmoqda. Unda 22 nafar fuqaro mehnat qilayapti. Korxona faoliyatiga endigina 2 yil bo‘lganiga qaramay, mahsulotlari xaridorgir. O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi vakili X.Umirov ushbu korxona faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, u yerda ishchi-xizmatchilarga yaratilgan sharoitlar bilan ham qiziqdi. Korxona ishchilari ishtirokida “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash O`zLiDePning asosiy vazifasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida 10 nafar ishchi partiya safiga qabul qilinib, korxonada yangi boshlang‘ich partiya tashkiloti ochildi va tumandagi BPTlar soni 48 taga yetdi.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ishchi guruh vakillari ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganmoqda
20.12.2023, 15:53
-
Qashqadaryoda oilaviy tadbirkorlar faoliyati o‘rganilmoqda
13.12.2023, 16:59
-
Davlat dasturining 67-maqsadi Hazoraspda qanday bajarilyapti?
23.11.2023, 18:03
-
Ishchi guruh vakillari IT sohasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini muhokama qildi
14.11.2023, 16:47
-
Yutuqlar bor, muammolar ham yo‘q emas
13.11.2023, 16:53
Fikringizni qoldiring