O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashida tuzilgan ishchi guruhning o‘rganishlari tanqidiy muhokama qilindi
19.10.2022, 17:45
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashining “Yangi O’zbekiston taraqqiyot srtategiyasi”ga muvofiq partiyaning imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarish, dolzarb vazifalar ijrosiga mas’uliyat bilan yondashish, partiyaning maqsad va vazifalarining bajarilishiga bag‘ishlangan kengaytirilgan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova olib bordi. Ta’kidlanganidek, joriy yilning oktabr oyi boshlarida ishchi guruh tuzilib, ish boshlagan edi. Ishchi guruh a’zolari har bir tumanda bo‘lib, a’zolar sonini ko‘paytirish, partiya tarafdorlarining safini keskin ko‘tarish, BPTlar faoliyati va a’zolik badallari, shuningdek, quyi kengashlar faoliyati hamda kengashlardagi tashkil qilingan guruhlarining maqsad, vazifasi, ularning faolligini oshirish masalalarini o‘rganish bilan bir qatorda BPTlar faoliyatini yanada jonlantirish yuzasidan ko‘maklashish ishlarini olib bordilar. Yig‘ilishda aynan mana shu masalalar xususida alohida fikr yuritildi.
Shuningdek, partiya ustavida, nizomida, dasturida, mehnat shartnomasida belgilangan me’yorlarga javob berishda ortda qolayotgan tuman kengashlari faoliyati tahlil qilindi. BPTlar bilan tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish, mahalliy Kengashlar deputatlarining faoliyatini jonlantirish, tadbirkorlar va aholi murojaatlari bilan ishlash kabi vazifalarni yanada faollashtirish kerakligi uqtirildi. Xatolar atroflicha muhokama qilindi. Yig‘ilish keskin munozaralar ostida o‘tdi.
Xojimuxammad Xasanxonov,
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi
apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring