Deputat Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi faoliyatini o‘rgandi

31.10.2022, 12:16

Deputat Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi faoliyatini o‘rgandi

Yurtdoshlarimizning muammolarini tinglash va ijobiy yechim topish, bugunidan rozi bo‘lib ertangi kunga yuksak ishonch bilan qadam qo‘yishlari yo‘lida barcha darajadagi rahbarlar mas’ul ekanligi bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan qayta-qayta ta’kidlanmoqda. Xususan, bu boradagi ishlarga deputatlarning ham mas’ulligi muammolarning tez fursatlarga hal etilishida katta ahamiyat kasb etayotir. Ayniqsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarining o‘z saylov okruglarida saylovchilar bilan o‘tkazayotgan uchrashuvlari chekka-chekka hududlarda ham islohotlarning bo‘y ko‘rsatishiga, qishloqlar ham ko‘rkam qiyofa kasb etishida o‘zgacha shukuh baxsh etmoqda.

“16-Paxtaobod” saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan Javlonbek Ergashev ham okrug hududida bo‘lib, “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi” faoliyatini o‘rgandi.

O’rganishlar natijasida quyidagilar aniqlandi. Xususan, Prezidentimizning 2021 yil 21 aprel kungi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini  qo‘llab–quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2021 yilda “Qashqar” MFY hududida joylashgan tuman hokimligi zahirasidagi 4 gektar yer maydoni ajratilgan bo‘lib, bosh rejaga asosan 45 lotga bo‘lingan.

Bugungi kunda Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonasi uchun ajratilgan yer maydoniga 45 ta yoshlarning loyihalari ko‘rib chiqilib, mazkur loyihalar uchun jami 3,1 gektar yer maydoniga  umumiy qiymati 21,1 mlrd. so‘mlik (o‘z mablag‘i 19,8 mlrd.so‘m, bank krediti 1,2 mlrd.so‘m) 45 ta loyiha tashabbuskorlari tanlab olingan, ishga tushish natijasida 577 nafar ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Ushbu loyihalardan bugungi kunga kelib umumiy qiymati 7,4 mlrd. so‘mlik  17 ta loyihalar ishga tushirilib, 211 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Qolgan 9 ta loyihalarda bino qurilishi jarayonida, 6 ta loyihalarda bino qurilgan pardozlash ishlari, 6 ta loyihalardi dastgohlar o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda, 7 ta loyihalardi qurilish ishlari to‘xtab qolgan.

Shuningdek, kommunikatsiya bo‘yicha sanoat zonasi hududiga oqava-suv tarmog‘i (kanalizatsiya) tortish uchun pudratchi tashkilot tomonidan kurilish ishlari olib borilmokda, shuningdek bugungi kunda TETK tomonidan 160 li TP o‘rnatilib, 150 metr tarmoq tortildi,  ichimlik suvi bo‘yicha 2,0 km tarmoq tortilib, ichimlik suvi chiqarildi,  Ichki yo‘llar bo‘yicha ko‘chalarga shag‘al bostirilib, tekislash ishlari olib borildi.

Deputatning o‘rganishlari joylarda davom etmoqda.

  • Ko'rildi
    273
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+