O‘zLiDePda davlatimiz rahbarining ma’ruzasi har tomonlama o‘rganib chiqildi

20.01.2017, 19:52

O‘zLiDePda davlatimiz rahbarining ma’ruzasi har tomonlama o‘rganib chiqildi

Joriy yil 19-yanvar kuni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining navbatdagi kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda asosiy e’tibor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” mavzusidagi ma’ruzasini har tomonlama va chuqur o‘rganish hamda ma’ruzadan kelib chiquvchi vazifalarni muhokama qilishga qaratildi.

Majlisda taraqqiyotning “o‘zbek modeli”ni va mamlakatni o‘rta muddatli istiqbolda yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilish Dasturini izchil amalga oshirishni davom ettirish samarasida 2016-yilda iqtisodiy o‘sishning barqaror va yuqori sur’atlarini saqlab qolingani, makroiqtisodiy muvozanat, aholi hayot darajasi va sifati oshishi ta’minlangani  ta’kidlandi.  Jumladan, xususiy mulk va tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab- quvvatlash va himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi 2016-yilda 32 mingtaga yaqin yoki 2015-yilga nisbatan 18 foizga ko‘p kichik biznes sub’ektlari tashkil qilinishiga xizmat qildi. Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi.

Tadbirda davlatimiz rahbari tomonidan alohida ta’kidlangan «g‘alaba raportlari» va qilingan ishga doir hisobotlarga berilmasdan, asosiy diqqat-e’tiborni mavjud kamchiliklar va ularning ildizlarini puxta tahlil qilishga qaratish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlariga e’tibor qaratildi. Majlis ishtirokchilari ta’kidlaganidek, Prezidentimiz ma’ruzasida mamlakatimiz hayotining barcha muhim sohalaridagi haqiqiy ahvol qat’iy va adolatli tahlil qilingan. Davlatimiz rahbari mamlakatimizni rivojlantirishning ochiq va xolisona manzarasini bayon etdi, mavjud kamchiliklarni ko‘rsatdi, taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi. Shu munosabat bilan majlisda O‘zLiDePning har bir faoli o‘z faoliyatiga shunday tanqidiy baho berishi shartligi qayd etildi.

Majlis ishtirokchilari partiya faoliyatini joylardagi amalga oshirilayotgan ishlarni tanqidiy tahlil qilish, asosiy e’tiborni mavjud muammolarni aniqlash va hal qilishga qaratish nuqtai nazaridan jiddiy qayta ko‘rib chiqish printsipial jihatdan muhim ahamiyatga ega vazifa ekanligi ta’kidlandi. O‘zLiDeP deputatlik korpusi o‘zining nazorat-tahliliy faoliyatida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirishning belgilangan ko‘rsatkichlariga erishilmasligi sabab va omillarini aniqlashga qaratilgan ishlarni tubdan kuchaytirishi hamda qaysi sohada kamchiliklar bo‘lsa, ularning mazkur sohalar uchun shaxsan javobgar bo‘lgan shaxslar tomonidan bartaraf etilishi bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda shuningdek, davlatimiz rahbari hukumat majlisida qattiq tanqid ostiga olgan masalalar, xususan iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish yo‘nalishi partiya Dasturida aniq belgilab qo‘yilgan bo‘lsada barcha bo‘g‘indagi O‘zLiDeP tuzilmalari, partiyaning parlamentdagi eng katta fraksiyasi va mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlarining faoliyati ham talab darajasida emasligi jiddiy muhokama etildi.

Tadbirda joylarda elektorat bilan ishlash samaradorligini keskin oshirish lozimligi, aholini o‘ylantirayotgan masala va muammolarni partiya ishtirokida har tomonlama muhokama etish va ularning haqiqiy yechimini topish muhimligi xususida so‘z yuritildi. Ayniqsa, turli ma’lumotnoma, ruxsatnoma va sertifikatlar, kredit olishda necha kunlar navbatda turish, noqonuniy tekshiruvlar, iqtisodiy va moliyaviy foydaning boy berilishi holatlarini qat’iy o‘rganish va ularga barham berish lozim.

O‘zLiDeP mamlakatimizning barqaror rivojlanish yo‘lida izchil ilgarilab borishini ta’minlashga munosib hissa qo‘shish, aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni davom ettirish maqsadida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda o‘z faoliyatini tanqidiy qayta ko‘rib chiqishi lozimligi qayd etildi.

Majlisda muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmati

O‘zLiDePning Facebookdagi rasmiy sahifasi va Telegramdagi kanaliga a’zo bo‘lib, so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘ling!

  • Ko'rildi
    1802
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Bildirilgan fikrlar

Жобборкул Тошкулов O'zLiDeP Ширин2018-05-28 13:34:04

Мухтарам Президентимиз Ш.М.Мирзиеёвнинг Америкага ташрифи давомида юртимизда тадбиркорлик йўналишлари бўйича савдо ҳамда янги иш ўринлари ва замонавий хизмат қилувчи иқтисодий инфратузилмаларнинг завод-фабрикаларнинг ҳамда қўшма корхоналарнинг очилиши биз тадбиркорларни ва O'zLiDeP ходимларини бехад хурсанд қилди. Партиямиз фаоллари энергетика, кимё, туризм, тўқимачилик саноати, соғлиқни сақлаш ва замановий технология соҳаларида ҳамкорликни йўлга қуйилиши тарафдорларидир. Президентимизга Худо доимо куч-қувват берсинлар ва бизнинг бахтимизга хамиша омон бўлсинлар.


Юлдаш Маткаримов O'zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-25 20:51:23

Ўзбекистон билан Америка Қўшма Штатлари ўртасидаги стратегик шерикликни янада мустаҳкамлаш, айниқса халқаро майдонда ва минтақада хавфсизлик ва барқарорликни таъминлаш масалаларида икки давлат раҳбарлари қарашлари ва ёндашувларининг ўхшашлиги мамлакатларимиз ўртасидаги кўп томонлама муносабатларни изчил ривожлантириш учун мустаҳкам замин бўлиб хизмат қилмоқда.


Юлдаш Маткаримов O'zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши аппарат рахбари2018-05-25 20:51:23

Ўзбекистон билан Америка Қўшма Штатлари ўртасидаги стратегик шерикликни янада мустаҳкамлаш, айниқса халқаро майдонда ва минтақада хавфсизлик ва барқарорликни таъминлаш масалаларида икки давлат раҳбарлари қарашлари ва ёндашувларининг ўхшашлиги мамлакатларимиз ўртасидаги кўп томонлама муносабатларни изчил ривожлантириш учун мустаҳкам замин бўлиб хизмат қилмоқда.


Азамат Холиков O'zLiDeP Тўрткўл туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-25 20:48:28

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Америка Қўшма Штатлари Президенти Дональд Трамп таклифига биноан бўлиб ўтган расмий ташрифи мамлакатларимиз ўртасидаги муносабатларнинг янги тарихий босқичини бошлаб берди дея умид билдираман.


O'zLiDeP Sayhunobod tuman Kengashi partiya faoli Xaqmurodov Davron2018-05-22 17:13:48

Bu ikki davlat o'rtasidagi hamkorlik, Biz tadbirkorlar uchun juda keng imkoniyatlar yaratib beradi.


И.Абдукадирова-ЎзЛиДеП Сирдарё туман Кенгаши ижрочи котиб2018-05-22 16:59:19

АҚШ ва Ўзбекистон ўртасида икки томонлама савдо алоқаларини кенгайтириш, қишлоқ хўжалиги ва энергетика соҳаларидаги ҳамкорлик, Ўзбекистоннинг бутунжаҳон савдо ташкилотига аъзо бўлиш жараёнидаги ҳамкорлик ушбу ташрифнинг амалий натижасидир. Бу мамлакатимизнинг жадаллик билан ривожланишига, халқаро ташқи сиёсий майдонда мустаҳкам ўрин эгаллашини таъминлайди.


Ғ.Расулов-ЎзЛиДеП Сирдарё туман Кенгаши аппарат рахбари 2018-05-22 16:53:32

АҚШ президентининг таклифи билан юртбошимизнинг Америкага ташрифи Узбекистоннинг жахон майдонида ўз ўрни юқорилигидан далолат беради. Бугунги кунда Узбекистон хам сиесий, хам иктисодий модернизация шароитида ривожланаетганлиги, жахон хамжамиятининг диққат эътиборида.


Ғуломжон Мухтаров, O'zLiDeP Булунғур туман Кенгаши ижрочи котиби2018-05-22 16:21:28

Ўзбекистон ва АҚШ муносабатлари ўзининг янги босқичига кўтарилмоқда.Бу борада юртбошимизнинг АҚШ га расмий ташрифи катта ахамият касб этади !!!


Бегматова Зухра Сирдарё вилоят Кенгаши Кадрлар бўйича инспектор2018-05-22 15:01:19

Ўзаро хамкорлик янги инвеститция ва янги иш ўринлари ва албатта халқ фаровонлиги учун қўйилаётган қадамлардандир.


Сабохат Бабаева Сирдарё вилоят Кенгаши "Аёллар бўлими"мудири2018-05-22 14:37:06

2018-йил пойтахтимизда Маркзий Осиё форумини ўтказиш тўғрисидаги келишув жуда катта ахамиятга эга. Шу билан бир қаторда ташриф доирасида имзоланган шартномалар мамлакатимсизнинг янада ривожланиши ва аҳолисини иш билан бандлигини таьминлашга хизмат қилади. Бунда юртбошимизнинг хиссалари каттадир.


Fikringizni qoldiring

+