Yangi Mehnat kodeksidagi o‘zgarishlar tushuntirildi

02.11.2022, 16:40

Yangi Mehnat kodeksidagi o‘zgarishlar tushuntirildi

Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasining yangi Mehnat kodeksi tasdiqlandi. Kuni kecha davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan kodeks fuqarolarning mehnatga jalb etishning yangi shakllarini nazarda tutadi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari, O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi Aktam Xaitov Qiziriq tumanidagi hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, yangilangan Mehnat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish haqida batafsil ma’lumot berdi.

Kodeksga kiritilgan xodimlar mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va kasb-hunar sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik, mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash, mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik hamda mehnat huquqini ta’minlash va mehnat majburiyatlarini bajarish kafolati va xodimning huquqiy holatini yomonlashishiga yo‘l qo‘yilmaslik kabi yo‘nalishlarning mohiyatini tushuntirib o‘tdi. O’zbekistonning “Elektron hukumat” tizimiga kiruvchi Yagona milliy mehnat tizimida barcha tuzilgan mehnat shartnomalarini (va ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni) majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talablar belgilanini alohida ta’kidladi. Bu esa mehnat munosabatlaridagi turli noxolisliklarga chek qo‘yadi.

Uchrashuvda yig‘ilganlarning yangi o‘zgarishlar bo‘yicha savollariga atroflicha javob berildi

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    539
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+