Ishchi guruhimiz “dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etyapti

07.11.2022, 17:40

Ishchi guruhimiz “dolzarb 40 kunlik”da faol ishtirok etyapti

Bog‘bonlarning aytishicha, kech kuzda ko‘chat o‘tqazishning afzalliklari ko‘p.  Avvalo, qish mobaynida nihol ildizi o‘nglanib, tuproqqa yaxshi o‘rnashadi, shu bois ko‘klamda tez avj oladi. Bundan tashqari, kuz-qish oylarida tez-tez sug‘orishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Kuzda tuproqning nam, nisbatan yumshoq bo‘lishi ham ko‘chatning yashovchanligini oshiradi.

Shu bois partiyamizning “Yashil makon” umummilliy loyihasi (Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini joriy yilda amalga oshirishga oid davlat dasturining VI ustuvor yo‘nalishidan o‘rin olgan vazifalardan biri) bo‘yicha ish olib borayotgan ishchi guruhi havo ochiq har bir kunni g‘animat bilib, Prezidentimiz e’lon qilgan “dolzarb 40 kunlik” davomida imkon qadar ko‘proq ko‘chatlar o‘tqazishga intilmoqda.  Navbatdagi aksiya 5 noyabr kuni Zangiota tumanidagi  “Taskin” bolalar xospisida bo‘lib o‘tdi.   

Ishchi guruh a’zolari aksiyada ishtirok etayotgan tashkilot, muassasalar xodimlari bilan  birgalikda xospis hududidagi 0,25 gektar maydonga 400 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazdilar. 

Shuningdek, bolalarga shou-guruh tomonidan sahnalashtirilgan ajoyib tomoshalar namoyish etildi. Maskan hududida jozibali kuy-qo‘shiqlar yangradi.  

Ishchi guruh a’zolari – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Dilbar Usmonova va Yashnobod tuman kengashi deputati Viktor Adilov bolalarga atalgan sovg‘a-salomlarni topshirdilar.    

Behzod Isroilov, ishchi guruh a’zosi

  • Ko'rildi
    153
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+