Baxmalda “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil etildi

07.11.2022, 17:48

Baxmalda “ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar uchun mahorat darsi tashkil etildi

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarda deputatlarning, partiya faollarining ham munosib o‘rni bo‘lmoqda.

Jumladan, partiyaning “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida Baxmal tumanida tashkil etilgan navbatdagi tadbir ham aynan shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning uzviy davomi bo‘ldi. “Ishbilarmon ayol-2022” ko‘rik-tanlovi Baxmal tumani g‘olibi, “Chevarlik sari” MChJ rahbari Muhayyo Baratovaning tikuvchilik sexida tashkil etilgan mahorat darsida “Sangzor” MFYda istiqomat qiluvchi 23 nafar xotin-qizlar taklif etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Muhayyo Baratova tomonidan chevarlik sir-asrorlari, mijozlar bilan ishlash, tadbirkorlikni boshlashdagi dastlabki ko‘nikmalarini shakllantirish kabi masalalar yuzasidan tushunchalar berildi. So‘ngra tikuv sexida tikuvchilik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlarga amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.

Saida Umaraliyeva,

O‘zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    517
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+