Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi targ‘iboti: Homilador ayollarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar beriladi
08.11.2022, 15:00
O`zLiDeP Samarqand shahar Kengashi tomonidan shahardagi 4-sonli oilaviy poliklinikada Yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda partiyaning Samarqand shahar Kengashi a’zolari, poliklinika xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda partiya faollari yig‘ilganlarga Yangi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida qator yangiliklar kiritilmoqda. Xususan, ish beruvchi homilador ayollarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida antenatal (tug‘ruqqacha) parvarishlash (perinatal skrining va tashxis, majburiy tibbiy ko‘riklar va boshqa majburiy tibbiy muolajalar) uchun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha bo‘sh kunlar berishi shartligi belgilanmoqda.
Shuningdek, ayollarning va oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg‘ul shaxslarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari ham alohida belgilandi.
Tadbir davomida partiyaga o‘z qiziqishini bildirgan 41 nafar ishchi xodimlar partiya safiga kirish istagini bildirishdi.
Fazliddin G’aybullayev,
O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining
birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring