Bo‘zatovlik tibbiyot xodimlari partiya safiga qabul qilindi
15.11.2022, 15:39
O'zLiDeP Bo‘zatov tuman Kengashi tomonidan tumandagi 28 sonli oilaviy poliklinikasida "O'zLiDeP 19 yoshda" shiori ostida tibbiyot xodimlari bilan tadbir tashkil qilindi.
Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda tibbiyot xodimlari kun kasblik bayram sifatida keng nishonlanishi, mamlakatimizda barcha sohalar singari tibbiyot sohasini isloh etishga qaratilayotgan e’tibor, shifokorlik kasbi eng mashaqatli va sharafli kasb ekanligini, inson hayotini saqlab qolishda ularning mehnati katta ekanligini alohida e’tirof etdi.
Ayniqsa partiyaning saylovoldi dasturida ham tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, xususiy sektorlar uchun qulay sharoitni yaratish borasida dolzarb masalalar ham ilgari surilganligini ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari partiyaning g‘oyaviy maqsad va vazifalari, siyosiy kuch sifatida bugungi kundagi faoliyati, partiya 19 yil davomida yetakchi siyosiy kuchga aylanganligi, shu yillar ichida siyosiy jarayonlardagi faolligi bo‘yicha ham atroflicha ma’lumotlar berildi.
Muloqot davomida bir qator tibbiyot xodimlari partiyaga a’zolikka qabul qilindi. Qolaversa yurtimiz bo‘ylab davom etayotgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida poliklinika xodimlari bilan birgalikda ko‘chat navlari ekildi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Ta’lim sohasi vakillari partiya targ‘ibotida faol
09.04.2024, 20:15
-
“Bunyodkor tekstilda” quyi bo‘g‘in faoliyati jonlanmoqda
08.04.2024, 17:01
-
217 nafar partiya a’zosi bo‘lgan korxonadagi quyi bo‘g‘inning faoliyatiga baho berildi
05.04.2024, 12:57
-
Viloyat hokimi o‘rinbosarining hisoboti eshitildi
04.04.2024, 11:09
-
Buxorolik maslakdoshlarimiz safi tobora kengayib bormoqda
02.04.2024, 16:56
Fikringizni qoldiring