Qoraqalpog‘istonda O'zLiDeP kubogi g‘oliblari aniqlandi
15.11.2022, 15:41
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan O'zLiDeP partiyasi tashkil qilinganligiga 19 yil to‘lishi munosabati bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari o‘rtasida "O'zLiDeP kubogi" uchun sportning mini futbol va qizlar orasida stol tennis turi bo‘yicha sport musobaqasi tashkil qilindi.
Maqsad esa yoshlarimiz orasida sog‘lom turmush tarzini takomillashtirish, sportning ommabopligiga erishish, yoshlarni sportga kengroq jalb etish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishdan iborat.
Musobaqada universitetning yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha prorektori S.Alauatdinov, O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi apparat rahbari K.Artikovlar inson salomatligini mustahkamlashda sportning tutgan o‘rni alohida ekanligini qayd etib, mamlakatimizda sportga katta e’tibor qaratilayotganligi, sportchi yoshlarimizning erishayotgan muvaffaqiyatlarini hayotiy misollar bilan ta’kidlab o‘tdi.
O’ziga xos qizg‘in murosasiz kechgan bahslarda g‘olib jamoalar aniqlandi. Unga ko‘ra sportning mini futbol turi bo‘yicha 3 o‘rin biologiya fakultetiga, 2 o‘rin iqtisodiyot fakultetiga nasib etgan bo‘lsa, 1 o‘ringa arxitektura fakulteti munosib deb topildi va partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari xotin-qizlar orasida o‘tkazilgan stol tennis musoboqasida ham g‘olib qizlarimiz aniqlanib, ularga ham diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Karmanalik ishbilarmon xotin-qizlar saralanyapti
03.05.2024, 16:17
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
Fikringizni qoldiring