Bayrog‘imiz milliy iftixorimiz, g‘ururimizdir
18.11.2022, 18:06
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi Jamoatchilik bilan aloqalar va mafkuraviy ishlar bo‘limi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayrog‘imiz - bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir” mavzuida tadbir tashkil etildi. Anjumanda partiya faollari, deputatlar bayrog‘imiz -mamlakatimiz suvereniteti, milliy davlatchiligimiz, mustaqil va mustahkam davlat barpo etish yo‘lidagi ezgu maqsad hamda milliy g‘oyalarimiz, asosiysi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligimiz, orzu-umid ila yorug‘ kelajakka intilishlarimiz, or-nomusimiz, g‘ururimiz ramzi ekanligi haqida faxr-iftixor bilan so‘zladilar.
-Bayroq qadim-qadimdan har bir xalqda mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelgan, - dedi O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri Asilabonu Sultonova. - Darhaqiqat, ajdodlarimiz yurt bayrog‘ini muqaddas bilib nihoyatda ardoqlashgan, ko‘z qorachig‘idek saqlashgan. Mamnuniyat bilan ta’kidlamoq joizki, bugungi kunda BMT binosida unga a’zo bo‘lgan 193 mustaqil davlat qatori O’zbekistonimizning ham bayrog‘i hilpirab turibdi. Bayrog‘imizni qabul qilishda, unda muayyan ranglarni belgilashda tarixiy an’analarimizga alohida urg‘u berilgan. Undagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos ma’noga ega.
Bayram tadbiri so‘ngida xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ongu shuuriga Vatanimiz ramzlariga nisbatan chuqur hurmat tuyg‘ularini singdirish, umummilliy va ehtirom timsollari bo‘lgan bayroq, gerb, madhiyamizni ulug‘lash hamda ardoqlash, hurmat qilish asnosida ko‘z qorachidek asrash borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi.
O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi
Matbuot xizmati.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring