Partiya faoli bo‘lgan tadbirkorlar rag‘batlantirildi
24.11.2022, 17:11
O’zLiDeP Samarqand shahar Kengashi xodimlari, mahalliy Kengash deputatlari hamda faol yoshlar ishtirokida "TESCO PLUS" MChJ qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkilotida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasining joylardagi ijrosiga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi..
Tadbirda partiya faollari tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni biznes va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish hamda yoshlarning yangi g‘oyalar asosida ishlab chiqilgan innovatsion, startap va biznes loyihalarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish borasida fikrlar yuritishdi.
Bugungi kunda "TESCO PLUS" MChJda salqin ichimliklar, maishiy texnika, isitish uskunalari, sut mahsulotlarini qadoqlashga moslashgan 15 turdagi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Mazkur korxonada 150 nafardan ziyod yoshlar va xotin-qizlar ish bilan band.
Tadbir yakunida partiya dasturiy maqsad va vazifalari hamda partiya mavqeini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shganligi va faolligi uchun mazkur MChJ qoshidagi boshlang‘ich partiya tashkiloti estalik sovg‘a bilan taqdirlandi.
Fazliddin G’aybullayev,
O'zLiDeP Samarqand shahar Kengash raisining
birinchi o‘rinbosari - apparat rahbari
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring