Deputat mahalla aholisining muammolarini uyma-uy yurib o‘rgandi
30.11.2022, 15:29
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zosi Ravshan Mamutov o‘zi saylangan hudud To‘rtko‘l tumani “Sho‘roxon” OFY da o‘z saylovchilari bilan uchrashdi.
Unda tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i A.Atajanov, hokim yordamchisi, mahalla raislari, profilaktika inspektori va mutasaddi tashkilot vakillari qatnashdi.
Uchrashuvda xalq vakili Prezidentning “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “Sho‘raxon” ovulida olib borishi rejalashtirilgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi va fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarini tingladi.
Deputat uchrashuvi davomida bir nechta xonadonlara kirib, ularning muammolarini o‘rgandi. Jumladan, mazkur mahallada istiqomat qiladigan fuqaro Gulbahor Bekdurdiyeva uy joy olishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi. Hozirgi kunda vaqtincha ijarada turganligini aytib qish mavsumini o‘tkazib olishda ko‘mir olishda ham yordam so‘radi. Tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lim boshlig‘i A.Atajanov ushbu muammoni o‘rganib chiqib, tegishli tashkilotlar orqali hal qilinishini bildirdi.
Xalq vakilining uchrashuvlari joylarda davom etmoqda.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Davlat dasturidan kelib chiqadigan partiya va fraksiya oldidagi vazifalar muhokama qilindi
26.02.2024, 21:34
-
Deputat maktab kutubxonasiga 100 dan ortiq badiiy asarlar va adabiyotlar tuhfa qildi
14.02.2024, 17:25
-
Muhim va ustuvor vazifalar belgilab olindi
31.01.2024, 17:53
-
“Ayollar daftari” bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmi yaratiladi
30.01.2024, 12:29
-
Deputat jarqo‘rg‘onlik tadbirkorlar muammosini o‘rgandi
30.01.2024, 10:11
Fikringizni qoldiring