Mahallada yig‘ilib qolgan muammolarni deputat o‘z nazoratiga oldi

01.12.2022, 14:37

Mahallada yig‘ilib qolgan muammolarni deputat o‘z nazoratiga oldi

Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Erkin Salixov saylovchilar bilan uchrashdi. Xalq vakili Oqdaryo tumanidagi “Chortut” MFY da joylashgan 36 – umumta’lim maktabida  fuqarolarni qabul qildi.

Uchrashuvda xalq vakili yig‘ilganlarga “O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining mazmun-mohiyati haqida kengroq ma’lumotlar berdi.

Qabul davomida mahalla faolari, fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan murojaatlarning ham aksariyat qismi joyida hal etildi. Xususan, mazkur hududdagi 45 – sonli bog‘cha eskirib qolganligi uchun qayta ta’mirlashda amaliy yordam so‘raldi. Fuqarolar Samarqand - Kattaqo‘rg‘on yo‘nalishidagi 99-sonli avtobekat oldida piyodalar yo‘lakchasi o‘tkazish bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Shuningdek, fuqarolar tomonidan ko‘chalarni alfalt qilish, ishga joylashish, uy-joyini kadastr qilish bo‘yicha ham qator murojaatlar qilindi.

Mazkur muammoli masalalar va yechimini topishda deputat E. Salixov tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi chiqarish orqali hal qilinishini bildirdi.

Xasan Gafurov,

Oliy Majlis qonunchilik

palatasi deputati yordamchisi

  • Ko'rildi
    228
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+