Bu yurtda barcha insonlar qadr topadi
02.12.2022, 15:31
3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan O'zLiDeP Yashnobod tuman Kengashi va Yashnobod tumani IIB hamkorligida tumandagi 52-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda “Bolalarga mehr va quvonch ulashaylik” mavzusida xayriya tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi Shomansur Sagdullayev, Qonunchilik palatasi deputati Olga Litvinova, O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov, xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputati Viktor Adilov, partiya faollari, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdilar.
Tadbirda estrada xonandalari, sa’natkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan hamda o‘quvchilarning sahna ko‘rinishdagi chiqishlari ishtirokchilarni xushnud etdi va bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Maktab o‘quvchilariga bayram munosabati bilan ko‘plab sovg‘alar ulashildi. Shuningdek, deputatlar, partiya faollari ishtirokida maktab xovlisiga turli xildagi ko‘chatlar ekildi.
Har qanday jamiyatning madaniyatlilik, bag‘rikenglik va mehribonlik xususiyatlari imkoniyati cheklangan, nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan shaxslar va keksalarga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Ularni e’zozlash, g‘amxo‘rlik qilish, qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri bo‘lib kelmoqda. Yangi O’zbekistonni barpo etmoqda ekanmiz barcha sa’y-harakatlarimiz “Inson qadri uchun” degan ezgu, ustuvor g‘oya asosida olib borilayotganligi alohida e’tiborga molik. Bu yurtda barcha insonlar qadr topadi.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring