O’zLiDeP hududiy kengashlar faoliyati tanqidiy sarhisob qilinmoqda
20.12.2022, 10:05
O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat Kengashi a’zolari, partiya tuman (shahar) xodimlari ishtirok etdi.
Tadbirda O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi raisi Xurshidaxon Xalilova so‘z olib, viloyat Kengashi tomonidan 2022 yilda olib borilgan amaliy ishlar va natijalar xususida to‘xtaldi. Partiya viloyat kengashi faoliyati bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosiga katta mas’uliyat va jiddiy tashabbus bilan yondashish zarurligi ta’kidlandi.
Kengash yig‘ilishida partiya Andijon viloyat Kengashining joriy yil o‘tgan davri davomidagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yig‘ilishda o‘tgan vaqt mobaynida partiya xodimlari, faollari, xalq deputatlari mahalliy kengashlardagi O’zLiDeP deputatlik guruhlari a’zolari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Xususan, boshlang‘ich partiya tashkilotlari bilan ishlash, deputatlar faoliyatini yanada jonlantirish, yoshlar va ayollar qanoti loyihalarini ommalashtirish, siyosiy o‘quvlar orqali salohiyatli, dunyoqarashi keng, yuksak bilimli kadrlar zahirasini shakllantirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ochiq, oshkora ruhda o‘tgan kengash yig‘ilishida faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan tuman, shahar kengashlari muhokama qilindi va partiyaning kelgusida qilinishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalari belgilandi.
O'xshash yangiliklar
-
Buxoro tumani mahallalarida “Ishbilarmon ayol-2024” ko‘rik-tanlovining saralash bosqichlari davom etmoqda
06.05.2024, 13:41
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
Fikringizni qoldiring