Murojaatnoma yurt taqdiriga mas’uliyatli bo‘lishga undaydi

20.12.2022, 15:29

Murojaatnoma yurt taqdiriga mas’uliyatli bo‘lishga undaydi

Bugun barcha yurtdoshlarimiz televideniye, ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasini katta hayajon bilan kuzatdi, ko‘rdi. Chunki ushbu Murojaatnomada nafaqat Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatlari, balki har bir rahbar va mansabdor shaxslar uchun qator vazifalar yuklatildi.

Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan 2023 yilni «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilingani, Samarqand va Namangan shaharlari alohida ma’muriy-hududiy birliklar sifatida Respublika bo‘ysunuviga o‘tkazilishi to‘g‘risida gapirilgani ko‘pchilikni, ayniqsa, partiyadoshlarimizni nihoyatda quvontirdi.

Sababi Murojaatnomada bayon etilgan reja va loyihalar, hech shubhasiz, mamlakatimiz taraqqiyotini, xalqimiz farovonligini, vatanimiz obro‘-e’tiborini yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarishga qaratilgan.

Shuningdek, ushbu dasturiy ma’ruza so‘ngida ozodlik uchun kurashgan millat qahramonlarimizni yana bir bor eslab o‘tgani har birimizdan ertangi kunga befarq bo‘lmaslik, daxldorlik tuyg‘usi bilan yashash, yurt taqdiriga mas’uliyatli bo‘lishni talab etadi.

Orifjon Maxmudov,

 O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi apparat rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    242
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+