“Mehr-saxovat ulashish” aksiyasi keng quloch yoymoqda
18.01.2023, 16:03
Bugungi sinovli kunlar barchani birdek sinayotgani har qadamda kuzatilyapti. Yaxshilikning parvozini yuksaklarga ko‘tarayotganlar safi kundan kun ko‘payib bormoqda. Bugun kechagidan farqli o‘laroq saxovatpeshalik, insoniylik, diyonat, oqibat singari xayrli tadbirlar eng yuqori cho‘qqiga ko‘tarilayotir.
Noqulay ob-havo sharoitiga qaramay el xizmatiga doimiy kamarbasta bo‘layotgan yo‘l patrol xizmati xodimlari, yo‘llarni qor uyumlaridan, muzlardan tozalayotgan obodonlashtirish korxonasi ishchilarining mehnatlari alohida tahsinga sazovordir.
O'zLiDeP Andijon viloyat Kengashi xodimlari hamda partiya faollari tomonidan ayni damda o‘z xizmat vazifalarini astoydil bajarayotgan soha xodimlari va aholi uchun “mehr-saxovat ulashish” aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya doirasida hasharchilar, turli soha xizmatchilari va aholiga issiq qahva, choy va yegulik ulashildi. Kunni tunga ulab mehnat qilayotgan elektr tarmoqlari korxonasi ishchi xodimlariga ham alohida e’tibor qaratdilar.
Partiya faollari o‘zlarining ushbu sa’y-harakatlari bilan har qanday sharoitda ham el tashvishini o‘z tashvishi deb biladigan insonlarga hamisha yordamga tayyor ekanliklarini amalda isbotlamoqdalar.
Bunday tadbirlar viloyatimizning barcha tuman va shaharlarida davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
-
Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi
02.05.2024, 13:46
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
Fikringizni qoldiring