Deputat ko‘magida ehtiyojmand oilalarga ko‘mir va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi
18.01.2023, 16:08
Ayni kunlardagi yurtimizda hukmronlik qilayotgan qish fasli, qolaversa ob-havoning injiqligi, qishning ayozli kunlari bugun hammani birday shoshirib qo‘ygani bor gap.
Ushbu sinovli kunlarda O’zLiDeP Andijon viloyat Kengashi deputatlik guruhi a’zolari ham joylarda xayrli ishlarni olib bormoqdalar. Jumladan, partiya raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova tuman mutassadilari, sektor rahbarlari, partiya faollari va MFY raislari bilan birgalikda o‘ziga biriktirilgan Qo‘rg‘ontepa tumanidagi "Uchtegirmon", "Eshonobod", "Navnihol", "Turon zamin", "Norbo‘ta", "Beshkaltak" va "Namuna" MFYlarda istiqomat qiluvchi ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olib, ularga ko‘mir va birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdilar.
Xalq vakilining bu kabi xayrli ishlari boshqa hududlarda davom etmoqda.
O'xshash yangiliklar
-
Yoshlar o‘zaro bellashdilar
03.05.2024, 14:16
-
Xalqaro investisiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi, yanada yuksak bosqichga olib chiqadi
03.05.2024, 09:34
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
-
Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi
02.05.2024, 13:46
Fikringizni qoldiring