Navoiy g‘azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qildi
09.02.2023, 18:02
Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida, korxona va tashkilotlarda davom etmoqda.
Beruniy va To‘rtko‘l tumanlarida “Navoiy yodi-la yashaymiz mudom!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi.
- Ulug‘ mutafakkir olim, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, sahovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda, - O’zLiDeP Beruniy tuman Kengashi apparat rahbari, deputat R.Yuldasheva. - Ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, uning asarlarini o‘rganish, ta’lim-tarbiyaga doir har bir fikrlarini hayotimizga joriy etib, yoshlarga ham ushbu maqsadlarni singdirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maktab yoshlari tomonidan Navoiy g‘azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qildi. Har bir chiqishda Navoiy dahosiga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Tadbir davomida eng faol bo‘lgan umumtalim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilariga tashakkurnoma va esdalik sjvg‘flari topshirildi.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Xalqaro investitsiya forumi amaliy hamkorlikni sifat va mazmun jihatidan mutlaqo yangi bosqichga olib chiqadi
02.05.2024, 16:34
-
Navoiylik ishbilarmon xotin-qizlar mahallalar kesimida saralanyapti
02.05.2024, 16:27
-
Kattaqo‘rg‘ondagi tibbiyot, kasb-hunar va xususiy maktablar faoliyati o‘rganildi
02.05.2024, 13:46
-
“Ishbilarmon ayol” ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari yangi-yangi nomlarni kashf etayotir
01.05.2024, 09:34
-
Deputat bilan uchrashuv: mahalla yettiligi qanday ishlayapti?
01.05.2024, 09:32
Fikringizni qoldiring