Yoshlar parlamenti yosh iqtidor egalarini kashf etadi

14.02.2023, 11:46

Yoshlar parlamenti yosh iqtidor egalarini kashf etadi

Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish maqsadida islohotlar olib borilmoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti tashkil etilganligi yoshlar manfaatlarini himoya qilish, muammolarini o‘rganib, parlament minbariga olib chiqish, qonun ijodkorligida yosh o‘g‘il-qizlar ishtirokini ta’minlashda muhim  ahamiyat kasb etadi.

Xorazm viloyatida ham Yoshlar parlamentining viloyat bosqichi katta ko‘tarinkilik bilan tashkil qilindi. Bir-biridan iqtidorli, salohiyatli, bilimli yoshlarni saralab olish hakamlar hayati a’zolariga oson bo‘lmadi. Chunki, saylovda ishtirok etish uchun o‘z nomzodini ko‘rsatgan har bir qatnashchi o‘zining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligi, qonunchilik sohasidagi bilimi, davlat boshqaruviga oid bilim va tasavvurlari, jamiyatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar haqidagi qarashlari, ommaviy axborot vositalaridagi chiqishlari, ilmiy izlanishlari bilan g‘oliblikka munosib edilar.

O’zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi mas’ullari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat hakamlar hayati 117-Urganch, 118-Bog‘ot, 120-Hazorasp saylov okruglaridan 6 nafar eng iqtidorli yoshlar saralab olindi. Ular Respublika bosqichida qatnashishga munosib deb topildi.

- Ayni paytda o‘z faoliyatimni Yoshlar parlamenti bilan bog‘lar ekanman, bu menga katta ishonch va mas’uliyatni yuklaydi. Chunki yoshlarning har qanday maqsad va g‘oyalari, o‘ylari hamda fikrlari biz uchun muhim. Jamiyat rivojlanib, yurt ravnaq topishida, avvalo yoshlarning o‘rni beqiyos. Buning uchun esa har bir yosh huquqiy, siyosiy bilim hamda yetuk intellektual salohiyat sohibi bo‘lmog‘i lozim, - deydi «IT-PARK UNIVERSITY» MChJ Xorazm viloyati koordinatori Sevara Palvonova.

         Sevara Ro‘zmetova,

O’zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalar

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    427
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+