Yosh mutaxassislarga ehtiyoj bor

28.02.2023, 16:19

Yosh mutaxassislarga ehtiyoj bor

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Aqshagul Tulegenova viloyat hududiy partiya tashkiloti va mas’ullar bilan “Navoiy baraka chevarlari” MChJda bo‘lib, korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi, muammolarini o‘rgandi.

Bugungi kunda viloyatning turli hududida 5 ta tarmog‘i bo‘lgan korxonada 300 ga yaqin xodim mehnat qilmoqda. Ularning aksariyati yoshlar. Mahsulotlarining katta qismi xorijga eksport qilinmoqda. Rossiya, Qozog‘iston davlatlaridan katta miqdorda buyurtmalar olingan va ayni paytda ular tayyorlanmoqda. Korxona rahbari Dilrabo Saidova tadbirkorlik faoliyati bilan tanishtirar ekan, ish jarayonida ekologik toza, arzon va sifatli tekstil mahsulotlari ishlab chiqarayotgani, ayniqsa, bu borada innovatsion g‘oyalarni amaliyotga joriy etish zamon talabi ekanini ta’kidladi. Ishchi-xodimlar ayni paytda sakkiz million so‘mgacha maosh olayotganliklari ham alohida e’tirof etdi. Tadbirkor korxona tarmog‘ini yanada kengaytirish niyatida ekanini, buning uchun yosh, intiluvchan, soha bo‘yicha zamonaviy bilimga ega mutaxassislarga ehtiyoj borligini bildirdi.

Deputat tuman hokimligi Oila va xotin qizlar bo‘limi boshlig‘i S. Napisovaga yoshlar daftaridagi ishsizlarni korxonaning o‘zida kasbga o‘qitish va ish bilan ta’minlash,  kasb-hunar maktabi rahbariyati bilan kelishgan holda o‘quvchilarni bu yerdagi jarayoni bilan tanishtirish, ishga joylashtirish bo‘yicha aniq, manzilli tadbirlarni belgilash taklifini berdi.

  • Ko'rildi
    193
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+